Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Namanganda valyutafurushdan 41,2 mln so‘m jinoiy jarima undirildi

Namanganda valyutafurushdan 41,2 mln so‘m jinoiy jarima undirildi

O‘zbekistonda noqonuniy valyuta ayirboshlash faoliyatiga qarshi kurashish maqsadida qonunchilik mustahkamlangan. Jinoyat kodeksining 177-moddasiga ko‘ra, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish jinoyat hisoblanadi va ushbu harakatlar uchun qator jazo choralari belgilangan.

Fuqaro O. A ham noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganda huquqni muhofaza qilish idora xodimlari tomonidan faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 110 barobari, 41.250.000 so‘m jinoiy jarima qo‘llanilgan.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan harakatlar davomida jinoiy jarima to‘liq undirildi. Amalda ijro hujjati yakunlandi

Kiritildi: 22:15 13.06.2025. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!