Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar bekor qilindi.
Jumladan, “Fly Dubai” aviakompaniyasining Dubay - Toshkent - Dubay yo‘nalishi, “Air Arabia aviakompaniyasining Sharja - Toshkent - Sharja yo‘nalishi hamda “Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent - Madina - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchishi rejalashtirilgan reyslari bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, bugun ertalab ham bir nechta reyslar – Toshkentdan Jidda va Dubayga hamda Olmaotadan Sharm al-Shayxga uchgan samolyotlar yuqoridagi sabablarga ko‘ra Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgani aytilgan edi.