Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Rasman. Bellingem «Borussiya» futbolchisiga aylandi

Rasman. Bellingem «Borussiya» futbolchisiga aylandi

Angliyaning «Sanderlend» jamoasida to‘p surgan yarim himoyachi Job Bellingem endilikda «Borussiya» safida faoliyat olib boradi. Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, futbolchi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

Job Bellingemga «Ayntraxt» va «RB Leypsig» ham da’vogarlik qilgan, ammo u o‘zining akasi Jud Bellingem «Real»ga o‘tishidan oldin to‘p surgan klubni tanladi.

O‘tgan mavsum Chempionshipda 19 yoshli Bellingem 43 uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning yordamida «Sanderlend» pley-off orqali Angliya Premyer-ligasiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, «Borussiya» Bundesliga 2024/25 yilgi mavsumida 57 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni egalladi. Klub «Bavariya»dan 25 ochkoga ortda qoldi.

Kiritildi: 21:00 10.06.2025. O'qildi: 988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!