Kaliforniyadagi namoyishchilar mashhur brendlar, jumladan Adidas va Apple do‘konlarini talon-taroj qilishdi.
Bu haqda Insider Paper nashri xabar berdi.
"Videoda tartibsizlikchilar T-Mobile do‘koniga kirib kelganini ko‘rish mumkin, old eshik oynasini sindirib kirishdi. Qurolli xavfsizlik kuchlari ham talonchilik haqidagi xabardan so‘ng Adidas do‘koniga yetib kelgan", — deya ta’kidlaydi manba.
Avvalroq AQShda prezident Donald Trampning immigrasiya siyosatiga qarshi namoyishlar chog‘ida jami 170 kishi qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Noroziliklar 7 iyun kuni AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati Los-Anjeles shahar markazida noqonuniy muhojirlarni aniqlash bo‘yicha ommaviy operasiya o‘tkazgan reyddan keyin boshlangan. Namoyishchilar bilan to‘qnashuvlar shtat uchun federal mablag‘ning qisqartirilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan boshlandi. Ertasi kuni Oq uy shaharga Milliy gvardiyaning 2000 askarini kiritilishini e’lon qildi.