Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Putin neft va neft mahsulotlarini chegaralangan narxlarda sotishni taqiqlashni uzaytirdi

Putin neft va neft mahsulotlarini chegaralangan narxlarda sotishni taqiqlashni uzaytirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Ayrim xorijiy davlatlar tomonidan Rossiya nefti va neft mahsulotlari uchun maksimal narx belgilanishi munosabati bilan yoqilg‘i-energetika sohasida maxsus iqtisodiy chora-tadbirlarni qo‘llash to‘g‘risida"gi farmonni 2025 yil 31 dekabrgacha uzaytirdi.

Rossiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, bu haqda e’lon qilingan farmonda aytilgan.

Mazkur farmon ilk bor 2023 yil 1 fevraldan kuchga kirdi va bir necha bor, oxirgi marta joriy yilning 30 iyuniga qadar uzaytirildi.

Hujjatda Rossiya nefti va neft mahsulotlarini xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga sotish taqiqlanadi, agar shartnomalarda AQSh va boshqa qator davlatlar tomonidan belgilangan narxlarni cheklash bandi mavjud bo‘lsa.

Kiritildi: 20:15 10.06.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!