Blogger 30 aprel kuni AQShga kirgan va uning vizasi muddatidan oshib ketgan. 25 yoshli Italiya fuqarosi 6 iyun kuni qo‘lga olingan, biroq o‘sha kuniyoq qo‘yib yuborilgan: u o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga ruxsat olgan. Leym ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga izoh bermadi.
Xabi Leym 2022 yilning iyun oyidan beri TikTok'da eng ko‘p obunachilar soniga ega. U o‘zining videolari bilan mashhur bo‘lib, unda u oddiy harakatlar bo‘yicha murakkab maslahatlarni masxara qilib, oson yo‘llarni taklif qiladi. Uning TikTok'dagi akkauntida 162 milliondan ortiq obunachi bor.
Leym 2000 yilda Senegalda tug‘ilgan. Bir yil o‘tgach, uning oilasi Italiyaga ko‘chib o‘tdi. Xabi Leym 2020 yilda Turin yaqinidagi zavodda ishidan ayrilganidan so‘ng TikTok'dagi faoliyatini boshlagan. 2022 yilda blogger Fortune 40 Under 40 va Forbes 30 Under 30 ro‘yxatiga kiritilgan.