Xitoy hukumati robotlarni qariyalar parvarishi sohasiga joriy etish bo‘yicha tajriba dasturini ishga tushirdi.
Loyiha Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan Fuqarolik ishlari vazirligi bilan hamkorlikda boshlangan, deb xabar beradi South China Morning Post .
Keksalarning hayot sifatini yaxshilash, oilalar yukini kamaytirish, kadrlar yetishmovchiligi muammosini hal etish va ularga g‘amxo‘rlik qilish tizimini modernizasiya qilish asosiy vazifalardan iborat.
Robotlar asosiy vazifalarni bajarishda yordam beradi, dori-darmonlar haqida eslatadi, sog‘lig‘ingizni kuzatib boradi va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Tajriba alohida hududlarni qamrab oladi va agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, u butun mamlakat bo‘ylab kengaytiriladi.