Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Estoniya va Rossiya o‘rtasida jang chiqishiga sal qoldi

A A A
Estoniya va Rossiya o‘rtasida jang chiqishiga sal qoldi

Estoniya harbiy-dengiz kuchlari va NATO aviasiyasi Boltiq dengizida Rossiya portiga yo‘l olgan Gabon bayrog‘i ostidagi neft tankerini qo‘lga olishga urinish qildi. Voqea Fin qo‘ltig‘i suvlarida yuz berdi.

Ma’lum qilinishicha, Estoniya harbiy kuchlari fuqarolik kemasini xalqaro suvlardan chiqib, ularning ortidan Estoniya hududiy suvlariga kirishga majburlamoqchi bo‘lgan. U yerda ular kemani to‘xtatish huquqiga ega bo‘lar edi. Buning uchun Estoniya harbiy-dengiz kuchlari kemani urib yuborish bilan tahdid qilgan, vertolyotdan ikki marta desant tushirishga uringan va taktik aviasiya yordamidan foydalangan.

Ammo kema ekipaji estoniyalik harbiylarni bortga qo‘yishni rad etgan, Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyoti esa Estoniya flotini o‘z niyatidan voz kechishga majbur qilgan.

Shundan so‘ng Estoniya Rossiyani havo hududi daxlsizligini buzganlikda aybladi va Rossiyaning Estoniyadagi vaqtinchalik ishonchli vakili Lenar Salimullinni Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirib, unga norozilik notasini topshirdi.

Kiritildi: 22:20 14.05.2025. O'qildi: 7667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!