Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada muhojirlarni robotlar bilan almashtirish taklif qilinmoqda

A A A
Rossiyada muhojirlarni robotlar bilan almashtirish taklif qilinmoqda

Rossiyaga migrantlarni moslashtirish markazlari kerak emas — buning o‘rniga davlat ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish uchun ishlab chiqarishni robotlashtirish yo‘nalishiga sarmoya kiritishi lozim, deb ta’kidladi Federasiya Kengashi Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi rais o‘rinbosari Sergey Muratov.

"Men shaxsan sanoatchi sifatida bugungi kunda mablag‘larni chet ellik fuqarolarni moslashtirish uchun alohida hududlar yaratishga emas, balki avtomatlashtirish va robotlashtirishga yo‘naltirgan bo‘lardim. Bu mamlakat rivojlanishini ta’minlagan bo‘lardi," — dedi u.

Senator migrantlarni moslashtirish dasturlarining samaradorligiga umuman shubha bildirganini qayd etdi. Yaqin vaqt ichida Kemerovo va Chelyabinsk viloyatlari, Tatariston, Yoqutiston va Xabarovsk o‘lkasida kelgindilarga rus tili va urf-odatlarini o‘rgatish bo‘yicha sinov markazlari ochiladi.

Kiritildi: 21:55 14.05.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!