Al Jazeera telekanaliga tibbiy manbalarning xabar berishicha, bugun tong saharda boshlab Isroilning anklavga qaratilgan hujumlari natijasida kamida 84 kishi halok bo‘lgan.
G‘azoning shimoliy qismidagi al-Nahda qochqinlar lagerida istiqomat qiluvchi Muhammad al-Dreiniy armiya lagerdagi chodirni bombardimon qilganini aytdi. "Bu bir qancha kishilarning shahid bo‘lishi va yaralanishiga olib keldi."
U halok bo‘lganlar orasida futbol o‘ynayotgan bolalar ham borligini ta’kidladi.