Xitoyning vakili ham G‘azoga yordam yetkazish bo‘yicha AQSH-Isroil rejasini tanqid qildi.
BMT Xavfsizlik Kengashida so‘zga chiqqan Fu Kong, G‘azo "haqiqiy do‘zaxga aylangani" va global ochlik kuzatuvi tizimi (IPC) hududning butun aholisi og‘ir oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekayotgani haqida ogohlantirganini ta’kidladi.
"Isroil xalqaro gumanitar huquq doirasida bosib oluvchi davlat sifatidagi majburiyatlarini bajarib, qamalni darhol bekor qilishi va ta’minotga to‘liq yo‘l ochishi shart," dedi u.
Fu AQShning nomini tilga olmasdan, "muayyan davlat gumanitar yordam tarqatish rejasi deb ataluvchi taklifni ilgari surgan" dedi. Uning aytishicha, BMT tashkilotlari bu rejani "butunlay rad etgan".
"Insonparvarlik yordamini qurolga aylantirish mumkin emas, xolislik, mustaqillik va betaraflik tamoyillari har doim saqlanishi shart," dedi u.