Rossiya-Ukraina urushining yakunlanishi nafaqat Ukraina uchun, balki butun Yevropa tartiboti uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deb ta’kidladi Germaniya federal kansleri Fridrix Mers.
Uning fikricha, Ukrainada butun qit’a tartibotining taqdiri hal etilmoqda. "Evropa bu tarixiy va hal qiluvchi vaziyatda har qachongidan ham ko‘proq birlashishi kerak," - deb ta’kidladi Mers.
Kansler, shuningdek, Germaniyaning Yevropa siyosatining asosiy masalalari bo‘yicha ovoz berishdan o‘zini tiyib turgan davrlar ortda qolishi kerakligini aytdi.