Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh prezidenti: Suriyalik hamkasb bilan uchrashuv yaxshi o‘tdi

A A A
AQSh prezidenti: Suriyalik hamkasb bilan uchrashuv yaxshi o‘tdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaning muvaqqat rahbari Ahmad ash-Shaara bilan Ar-Riyoddagi uchrashuvi yaxshi o‘tganini aytdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Tramp Suriya prezidentini yosh va juda kuchli bilimga ega deb ta’rifladi. AQSh prezidentining fikricha, al-Shaarada vaziyatni nazorat ostida ushlab turish uchun real imkoniyat bor.

Eslatib o‘tamiz, ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, AQSh prezidenti Donald Tramp, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa ishtirokida to‘rt tomonlama formatda muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 20:00 14.05.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!