Evropa Kengashi Vazirlar Qo‘mitasi Bosh kotib Alen Bersega Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyati bo‘yicha Maxsus tribunal tuzish jarayonini boshqarishni topshirdi. Avvalroq Ukraina ushbu masala bo‘yicha tashkilot yetakchilariga murojaat xati topshirgan edi.
Maxsus tribunal tuzilishi Rossiya tomonidan noqonuniy deportasiya qilingan yoki majburan ko‘chirilgan ukrain bolalarini qaytarishni ta’minlash borasida Yevropa Ittifoqining qat’iy pozisiyasini tasdiqlaydi, deyiladi tashkilot bayonotida.
Shuningdek, qo‘mita Ukrainani davom etayotgan urushda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish muhimligini ta’kidlagan. Shu maqsadda “Barqarorlik, tiklanish va qayta qurish 2023–2026” rejasi amalga oshirilishda davom etadi. Ilgari qabul qilingan mazkur reja Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish yo‘lida ilgarilash imkonini beradi, deyiladi bayonotda.