Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada migrantlarni bolalarining 81 foiziga rus tili bo‘yicha test topshirishga ruxsat berilmadi

A A A
Rossiyada migrantlarni bolalarining 81 foiziga rus tili bo‘yicha test topshirishga ruxsat berilmadi

Rossiyada migrantlarni bolalarining 81 foiziga rus tili bo‘yicha test topshirishga ruxsat berilmadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Rossiya rasmiylari migrantlarning bolalari uchun rus tili bo‘yicha testda ishtirok etish uchun topshirilgan arizalarning aksariyatini qabul qilishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Rospotrebnadzor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, apreldan boshlab test sinovlariga jami 1762 ta ariza topshirilgan. Rasmiylar ularning 81 foizini qabul qilishdan bosh tortgan. Ko‘pincha arizalarni rad etish sabablari sifatida hujjatlarning to‘liq emasligi, maktablarda bo‘sh joylarning yo‘qligi yoki hujjatlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilishi ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, testga jami 335 kishi qo‘yilgan. Hozircha 44 kishi testda ishtirok etgan, ulardan 27 nafari topshiriqlardan muvaffaqiyatli o‘tgan, qolganlari esa muvaffaqiyasiz tugatgan. Testlar Rossiyaning 10 ta hududida o‘tkazilgan.

Kiritildi: 18:33 14.05.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!