Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

EI elchilari Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketini tasdiqladi

A A A
EI elchilari Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketini tasdiqladi

Evropa Ittifoqi Rossiyaning “soya floti”ga tegishli yana qariyb 200 ta kemani “qora ro‘yxat”ga kiritadi, bu bilan bunday kemalarning umumiy soni 340 dan oshishi mumkin.

"Shuningdek, sanksiyalarni chetlab o‘tishda ayblanayotgan, ayniqsa ikki maqsadli mahsulotlar bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi taxminan 30 ta kompaniya hamda harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘liq 75 shaxs va kompaniya ham “qora ro‘yxat”ga tushadi", — deb xabar bermoqda nashr muxbiri.

17-sanksiyalar paketining rasman qabul qilinishi YEI Tashqi ishlar kengashining 20 mayga belgilangan yig‘ilishida kutilmoqda.

DW muxbirining diplomatik manbaga tayanib xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi gibrid faoliyat uchun joriy etilgan sanksiyalar rejimi doirasida targ‘ibotchilarga qarshi cheklov choralarini joriy etish uchun huquqiy asos yaratgan. Bunga 20 dan ortiq shaxs va tashkilot kiradi, ular dezinformasiya tarqatishda ayblanmoqda.

Shuningdek, Navalniy va Kara-Murzaga qarshi jinoiy ishlarga aloqador sudyalar va prokurorlarga nisbatan ham cheklovlar joriy etiladi. Umumiy hisobda ro‘yxatga 20 kishi qo‘shiladi.

Bundan tashqari, kimyoviy qurol ishlatishga qarshi sanksiyalar doirasida raketa ishlab chiqarishda ishlatiladigan kimyoviy moddalarning eksportiga taqiq joriy etiladi.

Kiritildi: 14:00 14.05.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!