Eron va "Evropa uchligi" mamlakatlari - Buyuk Britaniya🇬🇧 , Fransiya🇫🇷 va Germaniya🇩🇪 — 16 may kuni Istanbulda muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.Uchrashuv tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Eronning Iran Nuances nashri.
Yadro dasturi bo‘yicha keskinlik kuchayayotgan bir paytda Tehron G‘arb bilan muloqotni tiklash niyatida. Eron rasmiylari maslahatlashuvlar AQSh 2018-yilda yadroviy kelishuvdan chiqqanidan keyin joriy qilingan sanksiyalarning qisman bekor qilinishiga olib kelishiga umid qilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini aytgan va muzokaralar muvaffaqiyasizlikka uchragan taqdirda harbiy aralashuv ehtimolini oshirgan edi. Eron tomoni yadro dasturi faqat tinch va energiya bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlamoqda.
Evropa davlatlari sanksiyalarni bekor qilish evaziga Eron yadroviy rivojlanishini cheklab qo‘ygan 2015-yilgi kelishuv doirasida amalda bo‘lgan o‘zaro hamkorlik formatini qayta tiklashga harakat qilmoqda. Istanbul uchrashuvi bir necha oy ichida birinchi shunday sessiya bo‘ladi.