Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Trampning RFni G7ga qaytarish taklifi haqida fikr bildirdi.
Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Kreml oxirgi uch yil ichida Ukrainaga keng miqyosli bosqin uyushtirish orqali buni isbotlaganini ta’kidladi. Shunga qaramay, Annalena Berbok Rossiya "tinchlik yo‘liga o‘tib, tajovuzkorlik siyosati o‘zgarsa", u bilan hamkorlik qilish mumkinligini istisno etmadi, deb xabar beradi dpa.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning G7ga qaytishini mamnuniyat bilan qabul qilishini aytib, Qrim anneksiyasi tufayli RFni "katta yettilik"dan chiqarishni "xato" deb atagan edi.