Amerika instituti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushdagi g‘alabasi Qo‘shma Shtatlarning 2029 yilgacha harbiy xarajatlarini 800 milliard dollarga oshirishga majbur qilishini hisoblab chiqdi. Bu NATO mamlakatlarini himoya qilish zarurati bilan bog‘liq, deb yozadi Bloomberg.
Hisobotga ko‘ra, Pentagonning besh yillik byudjeti 4,4 trillion dollardan 5,2 trillion dollarga ko‘tarilishi kerak, bu esa har yili qo‘shimcha 165 milliard dollar degani.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Ukrainaga yordam ko‘rsatish AQSh uchun kelajakda Rossiya tajovuzkorligini ushlab turish uchun mumkin bo‘lgan xarajatlardan ko‘ra iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir.