Payshanba kuni AQSh Oliy sudi AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning 10 yanvarga belgilangan sobiq porno yulduz Stormi Denielsga to‘lovlar bilan bog‘liq bo‘lgan Trump Organizationning firibgarlik ishi bo‘yicha hukmni kechiktirish haqidagi iltimosini rad etdi.
Bu haqda sud bayonotida aytiladi.
Avvalroq, Nyu-York shtati apellyasiya sudi, shtatdagi sud qarorlari ustidan shikoyat qilish bo‘yicha oliy sud ham Amerikaning saylangan rahbari yuridik guruhining hukmni keyinga qoldirish haqidagi iltimosini rad etgan edi.
2024 yil may oyi oxirida Tramp moliyaviy firibgarlikning barcha 34 ta bandi bo‘yicha aybdor deb topildi. U AQSh tarixida hakamlar hay’ati tomonidan jinoyat sodir etganlikda ayblangan birinchi sobiq prezident bo‘ldi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Nyu-York sudi mamlakatdagi saylovlar sababli ish bo‘yicha hukm chiqarishni kechiktirishga rozi bo‘lgan edi.