Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Namangan va Jizzax viloyatlarida aksiz markasiz tamaki hamda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

A A A
Namangan va Jizzax viloyatlarida aksiz markasiz tamaki hamda iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo‘limi va YHXB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “lacetti” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan M.SH. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 77,5 mln so‘mlik 2 turdagi jami 5 250 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Baxmal va Do‘stlik tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu tumanlardagi “Q.Q.” va “A.A.” MCHJlarga qarashli savdo do‘konlaridan jami 888 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda 578 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:47 14.12.2024. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!