Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya va Qozog‘istonning tobora ko‘proq hududlari suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda

A A A
 Rossiya va Qozog‘istonning tobora ko‘proq hududlari suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda

Tomsk viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida viloyatdagi Tom va Ob daryolarida suv sathi ko‘tarilib, ikkita kuzatuv nuqtasida daryolarning sathi xavfli darajadan oshgan.

Bir qancha aholi punktlarida yuzlab tomorqa va turar-joy binolari suv ostida qolgani xabar qilingan.

"Kurgan viloyatining Kurgan shahri, shuningdek bir qancha aholi punktlarida suv sathi keskin ko‘tarilgan. Viloyatdagi 300 dan ortiq uy va 570 ta tomorqa yerlari suv ostida qolgan", deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasi.

Bundan tashqari, Shimoliy Qozog‘iston viloyatining Petropavlovsk shahrida ham suv sathi tez ko‘tarilmoqda. Suv toshqini natijasida Omskga boradigan yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Suv toshqinlari tufayli mamlakatning turli hududlaruda 111 mingdan ortiq odam havfsiz joylarga evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 18:52 15.04.2024. O'qildi: 1501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!