Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Vahdat shahrining 9 nafar fuqarosi «Krokus» teraktida gumonlanuvchilar bilan aloqasi borligi uchun qo‘lga olindi

Vahdat shahrining 9 nafar fuqarosi «Krokus» teraktida gumonlanuvchilar bilan aloqasi borligi uchun qo‘lga olindi

Vahdat shahrining 9 nafar fuqarosi «Krokus» teraktida gumonlanuvchilar bilan aloqasi borligi uchun qo‘lga olindi.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari 22 mart kuni Moskvadagi Krokus-siti xollda sodir etilgan terakt va «Islomiy davlat» terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan kamida 9 nafar Vaxdat shahri aholisini qo‘lga oldi.

Bu xabarni «Asia-Plyus»ning Tojikiston xavfsizlik idoralaridagi manbasi tasdiqladi, biroq qo‘shimcha ma’lumot bermadi. Faqat ma’lumki, ularning barchasi Vaxdat shahri aholisi bo‘lib, shu haftada Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan hibsga olingan.

Moskvadagi Krokus-siti xoll konsert zaliga uyushtirilgan hujumdan keyin 8 kishi gumondor sifatida hibsga olindi. Ular 22 mayga qadar hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan besh nafari Tojikiston fuqarolari, yana ikki nafari Rossiya fuqaroligini olgan respublika fuqarolari, yana bir nafari esa Rossiya fuqaroligini olgan Qirg‘iziston fuqarosi.

«Islomiy davlat»ning «Viloyati Xuroson» yacheykasi Krokusdagi terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

Tojikistonda huquq-tartibot idoralari rossiyalik tergovchilar bilan birgalikda qo‘lga olinganlarning yaqinlarini so‘roq qildi. Manbaga ko‘ra, gumonlanuvchilarning ba’zi qarindoshlari qo‘yib yuborilgan, qolganlari so‘roq qilinmoqda.

Gumonlanuvchilardan biri Saidakram Rajabalizoda Tojikistonning Vahdat shahrida tug‘ilgan. Ozodi radiosiga ko‘ra, hujumdan so‘ng Tojikiston rasmiylari Dushanbeda uning onasi, ukasi, xotini va ikki amakisini so‘roq qilgan.

Kiritildi: 16:58 29.03.2024. O'qildi: 1525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!