Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy elektronika va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi

Xitoy elektronika va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi

Xitoy hozirda O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy sherigi hisoblanadi. 2023 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga oshib, 14 mlrd dollarga yetdi.

🧠Xitoy elektronika va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi, shuningdek, kabel mahsulotlari, xususan, optik tolali kabel ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

👤Xitoyning Hisense, Haier, Midea, Xiaomi, OPPO, Huawei, Lenovo kabi yirik kompaniyalari keng turdagi maishiy texnika va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

🌐Iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yarimo‘tkazgichlar (chiplar) iste’moli bo‘yicha Xitoy dunyodagi eng yirik bozor hisoblanadi.

⬅️Xitoy bojxona statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat 2022 yilda 415,6 mlrd dollarlik 538,4 mlrd dona integral sxemalar, 10,7 mlrd dollarlik 35,4 mlrd dona bosma platalar, 477,1 mlrd dollarlik turli elektron komponentlar import qilgan.

➡️Shu bilan birga, 152,9 mlrd dollarlik 273,4 mlrd dona miqdorda integral sxemalar, 19,8 mlrd dollarlik 43,4 mlrd dona bosma platalar, 286,3 mlrd dollarlik turli elektron komponentlarni eksport qilgan.

📊2023 yilda Xitoyda fotoelektrik tizimlarning o‘rnatilgan quvvati jahon bo‘yicha quyosh energiyasi quvvatining 40 foizdan ziyod qismini tashkil etdi.

Kiritildi: 15:51 29.03.2024. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!