Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

«Kvartira ijaraga berilmayapti»,«Taksilardan voz kechishyapti»: Rossiyadagi tojik muhojirlariga bosim qanday kuchaymoqda?

«Kvartira ijaraga berilmayapti»,«Taksilardan voz kechishyapti»: Rossiyadagi tojik muhojirlariga bosim qanday kuchaymoqda?



Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalidagi teraktdan so‘ng Rossiyadagi o‘nlab tojikistonlik muhojirlar ksenofobiyaga tobora ko‘proq duch kelishmoqda. Muhojirlar bir necha kundan beri hibsga olinayotgani, bosim o‘tkazilayotgani, ishdan haydalayotgani va hatto kaltaklanganidan shikoyat qilmoqda.


Fojia fonida Rossiya rasmiylari mamlakatga migrantlar oqimi ustidan nazoratni yanada kuchaytirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda OAV Rossiya TIVdagi manbaga tayanib.

Baza nashrining yozishicha, Crocus City Halldagi teraktdan so‘ng polisiya chet el fuqarolarini qo‘shimcha tekshirish uchun mahalliy polisiya xodimlari va jinoiy qidiruv xodimlaridan iborat maxsus guruhlar tuzgan.

Bu guruhlar hududlarga bo‘lingan: yotoqxonalar, boshqaruv kompaniyalari va turli yo‘nalishlar bo‘ylab, ular yo‘l polisiyasi xodimlari bilan birgalikda migrantlarni tekshirishadi.

Ekaterinburgdagi savdo markazlarida mahalliy xavfsizlik kuchlari ijarachilardan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan kelgan xodimlar ro‘yxatini taqdim etishni talab qildi. Aks holda - jarima.

Rossiyadagi qurilish obektlaridan birida ishlagan bir guruh tojik va o‘zbek muhojirlari barcha hujjatlari joyida bo‘lishiga qaramay, faqat tojik va o‘zbek bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatilgan.
Tergov qo‘mitasi terrorchilarni moliyalashtirgan yana bir teraktda gumonlanuvchining qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi
Shuningdek, Rossiya polisiyasi xavfsizlik kampaniyasi doirasida butun mamlakat bo‘ylab, jumladan, Moskvada, yotoqxonalar va muhojirlar yashaydigan boshqa joylarda reydlar o‘tkazmoqda.

Tojik muhojirlari bu reydlar guruhli hibsga olish va deportasiyaga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

O‘z navbatida, ksenofobik xarakterdagi jinoyatlar ko‘payishi mumkinligini hisobga olib, tojik diasporasi Tojikiston fuqarolaridan juda ehtiyot bo‘lishni so‘ramoqda. Tojik jamiyatlari rahbarlari vatandoshlar uchun tavsiyalar tayyorlagan.

Ayni paytda Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi o‘z bayonotida Rossiyadagi xorij fuqarolari uchun vaziyat o‘zgarmaganini qayd etadi.

Guruhlar yoki aniq shaxslar nomini aytmagan holda, Kengash Tojikiston fuqarolaridan ayrim guruhlar tomonidan tarqatilayotgan yolg‘on va asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘radi.

«Telegram guruhlari va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda radikal guruhlar fuqarolarni terrorchilik harakatlariga chaqirmoqda», — deyiladi kengash xabarida.

Kiritildi: 15:34 29.03.2024. O'qildi: 2454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!