Buyuk Britaniya Hindiston, Braziliya, Germaniya, Yaponiya va Afrika mamlakatlarini BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sifatida kiritish tarafdori, dedi Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili Barbara Vudvord.
“Biz BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari soni ko‘payishini istaymiz”, — deb Vudvord so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Uning ta’kidlashicha, Britaniya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari qatorida Hindiston, Braziliya, Yaponiya, Germaniya, shuningdek, Afrika mamlakatlari vakillarini ko‘rishni xohlaydi.