Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Termizda O‘zbekiston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida muzokara boshlandi

Termizda O‘zbekiston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida muzokara boshlandi

O‘zbekiston hukumati va «Tolibon» harakati o‘rtasida uchrashuv 15 oktyabr kuni chegaradosh Termiz hududida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgani va keyinroq 16 oktyabrga qoldirilgani ma’lum qilingandi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi.

Keltirilishicha, muzokaralarda O‘zbekiston delegasiyasiga Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Afg‘oniston tomonidan Muvaqqat hukumati rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy boshchilik qilmoqda. Uchrashuv kun tartibiga savdo-iqtisodiy xarakterdagi muzokara kiritilgan. Jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash o‘sishidagi to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, Surxon–Puli–Xumri elektr uzatish liniyasi va Mozori Sharif–Kobul–Peshovar qurilish loyihalarini ishga tushirishga e’tibor qaratiladi.

Kiritildi: 12:18 16.10.2021. O'qildi: 2443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!