Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev: Parkentda "Rizamat ota"nomidagi uzumchilik markazini tashkil qilish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Parkentda "Rizamat ota"nomidagi uzumchilik markazini tashkil qilish kerak

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev “Rizamat” uzum navining muallifi Rizamat Muśamuhammedovning sohadagi yuksak tajribasi haqida alohida aytib o‘tdi. Ma’lumki, Toshkent viloyati bir vaqtlar o‘zining noyob bog‘dorchilik maktabi bilan nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham shuhrat qozongan.
– Usta sohibkorning xotirasini abadiylashtirish maqsadida, Parkent tumanida Rizamat Musamuhamedov nomidagi Uzumchilik ilmiy amaliy markazini tashkil qilish kerak, – dedi nomzod.– Har yili xalqimiz, xorijiy mehmonlar va sayyohlar ishtirokida Uzum sayli o‘tkazish an’anasini yo‘lga qo‘ysak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi.

Uchrashuvda limonning o‘ndan ortiq serhosil navlarini yaratgan Zayniddin Faxriddinov, “Yusupov” nomli mashhur pomidor navining muallifi Karim Yusupov, bog‘dorchilik ilmining haqiqiy jonkuyari, akademik Mahmud Mirzayev, atoqli sohibkor, O‘zbekiston Qahramoni Tojiboy Rizayev singari zahmatkash insonlarning mehnatlari xalqimizga katta foydasi tegayotganini ta’kidlandi.

Kiritildi: 12:12 16.10.2021. O'qildi: 2140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!