So‘nggi 7 kunda, 27 apreldan tashqari, har kuni bemorlar soni bo‘yicha rekord qo‘yildi. Koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari bir sutkada 3 293 dan 201 187 tagacha o‘sdi.
Yong‘in COVID-19 bilan kasallanganlar bo‘limda boshlangan, bir soat ichida bartaraf etilgan. Mahalliy aholi va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 50 ga yaqin bemor qutqarilgan.
Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi partiyasi Hindistonning Haydarobod shahriga yetib keldi.
Italiyada Leonardo da Vinchi nomidagi Rim-Fyumichino xalqaro aeroportida mutaxassislar binolarni sanitarizasiya qilish bo‘yicha operasiya o‘tkazdilar. Bunga Hindistondan Rimga kelgan 23 yo‘lovchiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandan so‘ng qaror qilindi, deb xabar beradi Euronews.
“O‘rinlar sonini mingtaga ham yetkazish mumkin, biroq kislorod zaxirasi cheklangan”, – deydi masjid boshqaruvi qo‘mitasi a’zosi Ashfaq Malik Tandalja.
COVID-19 sunamisi ostida ezilayotgan Hindistonda salbiy raqamlar o‘sishda davom etmoqda.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonda koronavirusning keng ko‘lamda tarqalishiga nima sabab bo‘lganini aytdi. Bu ommaviy yig‘ilishlar, emlashning past darajasi va virusning ko‘proq yuqumli turlari tarqalishidir.
Yakshanba kuni 354000 dan ortiq yangi holatlar va 2800 o‘lim qayt etgan Hindistonga, dunyo miqyosidagi kasallanishlar sonining yarmi to‘g‘ri keladi.
Jahon miqyosidagi harbiy xarajatlar o‘tgan yili 1981 milliard dollarga ko‘tarilib, 2019 yilga nisbatan 2,6 % ga o‘sdi, deya xabar beradi bugun Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti.
Hindistonda koronavirusdan o‘lganlar soni 200 mingga yaqinlashdi, seshanba kuni esa 2771 nafar bemor COVID-19dan vafot etdi. So‘nggi 24 soat ichida Hindiston 323 144 yangi kasallikni qayd etdi, bu kechagi antirekorddan (352 991) biroz pastroq.
Rasmiy statistik ma’lumotlarga asosan, hozirda kasallanish holatlarning umumiy soni deyarli 17 mlnga, o‘limlar soni esa 192 mingga yetgan.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonada 200 dan ortiq odam og‘ir ahvolda va kislorod bilan ta’minlanish deyarli tugagan.