Jahon miqyosidagi harbiy xarajatlar o‘tgan yili 1981 milliard dollarga ko‘tarilib, 2019 yilga nisbatan 2,6 % ga o‘sdi, deya xabar beradi bugun Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti (SIPRI). 2020 yilda eng ko‘p mablag‘ sarflagan beshlik:
🔺AQSh - $778 mlrd
🔺Xitoy - $252 mlrd
🔺Hindiston - $72,9 mlrd
🔺Rossiya - $61,7 mlrd
🔺Buyuk Britaniya - $59,2 mlrd,
bo‘lib, ularning birgalikdagi xarajatlari, global harbiy xarajatlar($1981 mlrd)ning 62 % ini tashkil etgan. Xitoyning harbiy xarajatlari ketma-ket 26 yilda o‘sdi.