Rossiyada olti oy ichida birinchi marta Ukraina bilan tinchlik muzokaralari tarafdorlari soni sezilarli darajada oshgani qayd etildi. Bu haqda Levada markaz tadqiqot tashkiloti xabar berdi.
Ukrainadagi urushning 862-kuni o‘tdi.
Ukraina qurolli kuchlari (UQK) Chasiv Yar shahrining sharqiy qismidagi Kanal mikrorayonidan chekindi, deb xabar bergan «Xortisya» oprativ-strategik qo‘shinlar guruhi vakili Nazar Voloshin.
Jahon banki (JB) aholining Ukrainadan chiqib ketishi davom etayotganini mamlakat jon boshiga yalpi daromadni oshirish omillaridan biri deb atadi.
Amerikaning The New York Times gazetasi jurnalistlari Ukraina Qurolli kuchlari safiga chaqirilishdan qochayotgan ukrainaliklar sonini nomladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden “Ukraina, albatta, NATOga a’zo bo‘ladi”, deb aytmasligi kerak edi, dedi sobiq davlat rahbari Donald Tramp.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasiga juda band bo‘lganligi sababli o‘z vakillarini yubora olmaganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Ozodlik» radiosi.
Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore mamlakat hukumati Ukraina energetika infratuzilmasini tiklash uchun 1,1 milliard Norvegiya kronasini (103 million dollar) ajratishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, qish mavsumi boshlangunga qadar barqaror elektr ta’minotini tiklash zarur.
254 halok bo‘lgan harbiy xizmatchi Ukrainaga topshirildi, 32 kishining jasadi Rossiyaga qaytarildi.
Qish boshlanishidan oldin Ukraina barcha shikastlangan elektr stansiya bloklarini tiklay olmaydi, dedi «Ukrenergo» kompaniyasi rahbari Vladimir Kudritskiy. «Ukrayinska pravda» gazetasiga bergan intervyusida
Kiyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin shartlarida tinchlikka taklifni ko‘rmayapti va ularni ultimatum deb biladi.
«Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qachon va qanday to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas», - deyiladi G7 davlatlari qo‘shma bayonotida.