Ukrainadagi urushning 862-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Putin tinchlik muzokaralari boshlanmagunicha Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatib bo‘lmasligini aytdi.
Chexiya Rossiya biometrik bo‘lmagan pasportlarini tan olishni to‘xtatdi.
Rossiya armiyasi polkovnigi Artyom Gorodilov firibgarlik ishi bo‘yicha hibsga olindi. Ukraina tomoni uni Buchada tinch aholi vakillari o‘ldirilishi uchun javobgar deb biladi.
Belgorod oblastida ukrain dronlari avtomobilga hujum qildi. To‘rt kishi, jumladan 12 yoshli qiz jarohatlangan.
4 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning 22 ta droni Ukrainaga hujum uyushtirgan. Ukraina qurolli kuchlari 21 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
Taker Karlson Zelenskiy bilan intervyu olishi haqida anons bergandi. Ukraina prezidenti matbuot xizmati buni rad etdi.
Ukraina qurolli kuchlari Chasiv Yarning Noviy rayoni boy berilganini tasdiqladi.
Ukrain mahbuslari armiyaga yollanmoqda
Joriy yil may oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun qamalganlarni harbiy xizmatga qabul qilishga imkon beruvchi farmonni imzolagandi. Ukraina adliya vaziri o‘rinbosari Yelena Visoskaya iyul oyi boshida Associated Press uchun bergan intervyusida 3000 nafar atrofidagi mahbuslar armiyada xizmat qilish uchun qamoqxonalardan chiqarilganini ma’lum qildi. Vazirlik baholariga ko‘ra, koloniyalarda jazoni o‘tayotganlardan 27 ming nafarini harbiy xizmatga jalb etish mumkin. Visoskayaning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarning ko‘pchiligi uyga qamoqxonadan emas, qahramon sifatida qaytishni istamoqda. Ukraina qamoqxonalarini mahbuslarni harbiy xizmatga chaqirish bilan shug‘ullanuvchi rekruterlar aylanib chiqmoqda. Quyidagi fotosuratlar rekruterlarning Dnipropetrovsk oblastidagi koloniyalardan biriga tashrifi chog‘ida olingan.
«Men urushda foyda keltiraman». Ukrain mahbuslari armiyada xizmat qilishga tayyorlanmoqda
calendar
17:29
3333

Dnipropetrovsk oblastidagi koloniya mahbuslari rekruter tashrifi chog‘ida
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Koloniya oshxonasida tushlik
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Dnipropetrovsk oblastidagi koloniya mahbuslaridan biri mahalliy korxonada ishlamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mahbuslar armiyadagi xizmat haqida so‘zlab berayotgan serjantni tinglamoqda. «Siz bunga barham berishingiz va yangi hayot boshlashingiz mumkin», — deya uning murojaatidan iqtibos keltiradi AP. «Asosiysi — sening irodang, chunki sen vataningni himoya qilishga otlanasan. 50 foiz bilan muvaffaqiyatga erisha olmaysiz, buning uchun 100 foizga, hatto 150 foizga o‘zingizni bag‘ishlashingiz kerak», — deya qayd etgan «Arey» nomli 7-alohida batalyoni serjanti mahbuslarga murojaat qilarkan
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Harbiy xizmatga borishga rozilik bildirgan mahbuslar lagerlarda birlamchi tayyorgarlikni o‘tab, qurol bilan muomila qilishni o‘rganishadi va boshqa ko‘nikmalarni egallashadi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mahbuslardan biri, harbiy xizmatga rozilik bergan Mixaylo AP muxbiri bilan suhbatda koloniyada o‘tkazilgan oylardan keyin poligondagi yuklamaga bardosh berish oson emasligini tan olgan
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
«Men urushda foyda keltira olaman», — deb hisoblaydi Mixaylo va uni uyida oilasi, bolalari va ota-onasi kutayotganini qo‘shimcha qilgan
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
AP nashri yozishicha, ayrim mahbuslar hozirning o‘zida harbiy xizmatga borishga tayyor emas, ammo erkinlikka chiqqanidan keyin vatanni himoya qilishni niyat qilgan. Volodimir — shunday yo‘l tutganlardan biri. U o‘z tanlovini shartli-muddatidan oldin ozod etish dasturi doirasida, harbiy xizmat uchun qamoqxonadan chiqariladigan mahbuslarga amalda ta’til berilmasligi bilan izohlagan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Donesk oblastida ukrainlarning havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari
RF qo‘shini har kuni Ukraina hududiga «Shaheed» tipidagi dronlar bilan hujum qilmoqda. Pilotsiz uchish qurilmalari, jumladan FPV-dronlar operatorlarga jang maydonidagi vaziyatni jonli efirda kuzatish imkonini beradi, ulardan shuningdek razvedka maqsadlarida foydalaniladi, ular portlovchi moddalar tashlab, dushmanga zarar yetkazishi ham mumkin. Donesk oblastida rossiyaliklarning dronlariga qarshi kurashish bilan boshqa bo‘linmalar qatori knyaz Konstantin Ostrojskiy nomidagi 30-alohida mexanizasiyalashgan brigadaning maxsus bo‘linmasi ham ishtirok etmoqda.