AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya oxirgi sakkiz oy mobaynida raketa uchirish va yadro sinovlarini amalga oshirmaganligini ma’lum qildi va uning say-harakatlarisiz Vashington Pxenyan bilan urush olib borayotgan bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda u 3 iyul, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Xitoyda OAVga AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan keskin fikrlar bildirish cheklandi. Shuningdek, Tramp hamda Oq uy ma’muriyati vakillarining savdo urushi yuzasidan aytgan izoh va fikrlarini XXR hukumatining rasmiy bayonotidan oldin e’lon qilish taqiqlandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ommaviy noroziliklar ortida yana noqonuniy muhojirlarni sudsiz deportasiya qilishga chaqirdi va xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun sud qarorini talab qiluvchi AQSh qonunlarini “dunyodagi eng ahmoqona” deb atadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron bilan Oq uyda bo‘lgan uchrashuvda unga Yevropa Ittifoqidan chiqishni taklif qilgan. Bu haqda “The Washington Post” xabar bermoqda.
Oq uy vakili Lindsi Uoltersning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv ikki davlat munosabatlaridagi keskinlikni kamaytirishidan umid qilmoqda.
Britaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuvdan xavfsiramoqda.
Moskva va Vashington Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashishi haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
AQSh Oliy sudi Donald Trampning bir qator musulmon davlatlari fuqarolarini AQShga kiritmaslik to‘g‘risidagi farmonini qonuniy deb topdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Tramp avval NATO sammitida qatnashib, so‘ng Putin bilan uchrashadi. Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyul oyi o‘rtalarida, NATO sammitidan keyin uchrashishi haqida xabar bergan edik.
AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Karolina shtatida o‘zining saylovchilari bilan uchrashuvi chog‘ida, parik taqadiganlarga saylovlarda ishtirok etmaslikni maslahat berdi.
Bosh vazir yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun qat’iy choralar qo‘llanilishini bildirib o‘tgan.
Norvegiya deputatlari AQSh Prezidenti Donald Trampni Nobel mukofoti uchun ilgari surishmoqchi, deya ta’kidlamoqda Interfaks nashri.