Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp AQSh qonunlarini “ahmoqona” deb atadi

A A A
Tramp AQSh qonunlarini “ahmoqona” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp ommaviy noroziliklar ortida yana noqonuniy muhojirlarni sudsiz deportasiya qilishga chaqirdi va xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun sud qarorini talab qiluvchi AQSh qonunlarini “dunyodagi eng ahmoqona” deb atadi.  

“Odamlar davlatimizga noqonuniy kelganlarida, biz sudsiz ularni darhol ortlariga jo‘natishimiz kerak. Bizning qonunlarimiz dunyodagi eng ahmoqona qonunlardir”, deb yozgan Tramp tvitterda. 

Tramp bu bayonotini uning migrasiya siyosatiga qarshi 30 iyunda AQShning 700dan ko‘proq shahrida norozilik namoyishlari o‘tgan bir vaqtda bildirgan. Namoyishchilar chegarada noqonuniy muhojirlar oila a’zolarini bir-birlaridan ayirish siyosatiga qarshi chiqmoqdalar. Tramp bu amaliyotni o‘tgan haftada bekor qilgandi. Namoyishchilar, shuningdek, muhojirlarning huquqiy himoya qilinishini talab qilishmoqda.  


Manba: kun,uz

Kiritildi: 10:39 01.07.2018. O'qildi: 1548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik