Tramp avval NATO sammitida qatnashib, so‘ng Putin bilan uchrashadi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyul oyi o‘rtalarida, NATO sammitidan keyin uchrashishi haqida xabar bergan edik.
Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahri Tramp va Putinning oliy darajadagi uchrashuvini o‘tkazishga mos joy sifatida ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda “Reuters” AQShning yuqori lavozimli amaldoriga asoslanib xabar bermoqda.
AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo Trampning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning Moskvaga tashrifidan keyin rossiyalik hamkasbi bilan uchrashishi mumkinligini ta’kidlagan.
AQShning yuqori lavozimli amaldori anonimlik sharti bilan, Xelsinki eng yaxshi tanlov bo‘lganini va yakuniy qaror Boltonning ruslar bilan muzokaralariga bog‘liqligini qayd etgan.
Avvalroq, Avstriya poytaxti Vena shahri ham uchrashuv joyi sifatida ko‘rib chiqilayotgan edi.
Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo sammit haqidagi savollarga qisqa javob berdi.
“Finlyandiya kerak bo‘lsa, o‘zining yaxshi xizmatlarini taklif qilishga doim tayyor”, deydi finlar prezidenti.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 11-12 iyul kunlari Bryusselda NATO sammiti bo‘ladi. Unda Tramp ham ishtirok etishi kutilyapti. Tramp dastlab Buyuk Britaniyada to‘xtab, mamlakat Bosh vaziri Tereza Mey bilan uchrashishi mumkin.
manbaa: qalampir.uz