Amerikalik senator-demokrat (Nyu-Gempshir shtati) Jin Shaxin Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvida ishtirok etgan tarjimonni so‘roq qilishga chaqirdi. Bu haqda senatorning Twitter’da yozgan xabariga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning NATO bo‘yicha ba’zi ittifoqdoshlarini himoyalashga majburligini shubha ostiga qo‘ydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni go‘yoki Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlariga aralashuviga shaxsan javobgar deb hisoblash mumkinligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani raqib deb hisoblamaydi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh prezidenti Donald Trampni “insoniyat dushmani” deb atadi.
Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Xelsinkidagi uchrashuvining ertasiga 17 iyulda kichik jarrohlik operasiyasini boshdan o‘tkazdi.
Amerikalik senator Lindsi Grem Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan AQSh prezidenti Donald Trampga sovg‘a qilingan futbol to‘pida eshitish qurilmasi bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishni taklif qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Amerika nashrlari AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuviga nisbatan o‘ta keskin munosabat bildirmoqda. Jurnalistlar Amerika yetakchisini Putin qarshisida ojiz qolganlikda ayblashmoqda.
Sobiq siyosatchi, 2003-2011 yillarda AQShning Kaliforniya shtati gubernatori bo‘lgan Arnold Shvarsenegger 16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Donald Tramp hamda Vladimir Putin ishtirokidagi uchrashuv haqida munosabat bildirar ekan AQSh rahbarini keskin tanqid qilgan videomurojaatni e’lon qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning uzoq kutilgan uchrashuvi 16 iyul kuni Finlyandiya poytaxti Xelsinkida bo‘lib o‘tdi. Ayni vaqtda Amerika jamoatchiligi prezident bu uchrashuvda ishonchlarni oqlamaganidan norozi bo‘lmoqda.
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin matbuot anjumaniga akkreditasiyadan o‘tgan jurnalistlardan biri qo‘lidagi yozuvli qog‘ozni namoyish qilishga uringanda xavfsizlik xodimlari uni zaldan kuch ishlatgan holda olib chiqib ketishgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkidagi sammit yakunlari bo‘yicha “Fox News“ telekanaliga intervyu berdi.