Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putinning Xelsinkidagi uchrashuvining ertasiga 17 iyulda kichik jarrohlik operasiyasini boshdan o‘tkazdi. Ta’kidlanishicha, Niinistening tiklanishiga bir haftacha vaqt ketadi.
“Tiklanish bir haftacha vaqt olishi kutilmoqda. U bu vaqt ichida o‘z majburiyatlarini bajara oladi, biroq sayohat qila olmaydi”, deb aytilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, operasiyani o‘tkazish may oyidan rejalashtirib kelingan. Niiniste qanday operasiyani boshdan o‘tkazgani ma’lum qilinmagan.
Manba: kun.uz