AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi tufayli Donald Tramp ma’muriyati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Nyu-Yorkdagi Xitoy kompaniyasiga tegishli bino aksiyalari nazorat paketini qo‘lga kiritishga tayyorlanmoqda.
AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktubi diplomatik kanallar orqali rus tomoniga topshirildi. Bu haqda RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. Uning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh rahbari Donald Tramp bilan shu yil 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qurollanishni nazorat qilish, jumladan, yadro qurolini cheklash va kosmosga qurol joylashtirishni taqiqlash bo‘yicha muzokaralar olib berish to‘g‘risida qator takliflarni ilgari surgan.
Buyuk Britaniyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri Boris Jonson burqa kiyadigan muslimalarni pochta qutisiga o‘xshatgani uchun islomofobiyada ayblanmoqda. Bu haqda VVS xabar tarqatdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Eron bilan biznes yuritadigan davlatlar Qo‘shma Shtatlar bilan biznes yurita olmaydi.
AQShda prezident Donald Tramp ma’muriyati Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan hakerlik hujumlari bilan yanada samarali kurashish uchun bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya, Xitoy va ehtimol Shimoliy Koreya Qo‘shma Shtatlarning ishlariga aralashayotganini hamda uning mamlakatida iqtisodiy o‘sish bo‘layotgani sababli bunday harakatlar soni oshishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda Ogayo shtatida so‘zlagan nutqida aytgan, deb xabar berdi NBC.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Milliy basketbol assosiasiyasi klubining forvardi Lebron Jeymsning tanqidiga javob qaytardi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp savdo sohasida Xitoyga bosim o‘tkazishda davom etadi. Bu haqda “Oq Uy”ning rasmiy vakili Sara Sanders xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp qizi Ivankaning OAVlar «xalq dushmanlari» emasligi haqidagi gaplarini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi «Korrespondent.net». Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kategoriyaga nashrlarning ko‘pchiligi taalluqli bo‘lgan «yolg‘on xabarlar»gina kiradi.
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inga Koreya urushida halok bo‘lgan amerikali harbiylar hokining topshirilishi munosabati bilan minnatdorlik bildirdi va u bilan yangi uchrashuvni "sabrsizlik" bilan kutayotganligini aytdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov OTMlarga kirish imtihonlarining birinchi kuni «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Xalq so‘zi»xabar qildi.