AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika delegasiyasining Davosdagi butunjahon iqtiqodiy forumiga borishini bekor qildi. bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders OAVga ma’lum qildi.
2018 yilning dekabr oyida Amerika yetakchisi KXDR rahbari bilan yanvar yoki fevral oyida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.
Demokrat senatorlar Bob Menendes hamda Jek Rid AQSh hamda RF prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvida ishtirok etgan tarjimonni so‘roqqa tortish uchun ruxsat so‘rab Oq uyga murojaat bilan chiqdi.
Amerika prezidenti Donald Trampning administrasiyasi hukumat ishlarining vaqtincha to‘xtab qolishi munosabati bilan 50 mingga yaqin xizmatchilarni majburiy haq to‘lanmaydigan ta’tildan chaqirib oldi, deb xabar bermoqda Washington Post gazetasi.
AQSh prezidenti Donald Tramp tez orada amerikaliklar Amerika-Meksika chegarasi himoyasi uchun byudjet mablag‘lari ajratilishiga qarshi chiqayotgani sababli demokratlarga "jinoiy partiya" kabi munosabatda bo‘lishlarini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp «Clemson Tigers” jamoasi futbolchilari o‘z hisobidan fast-fud bilan mehmon qildi. CNN telekanali Oq Uyda bo‘lib o‘tgan ushbu ziyofatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning NATOdan chiqishi masalasini ko‘rib chiqishi mumkin. Tramp Shimoliy alyansning qolgan a’zolari harbiy harajatlarini ko‘paytirmasa shunday qiladi.
Anqara AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga qaramay Suriyada Qurd tuzilmalari bilan kurashishni davom ettiradi.
AQSh prezidenti Donald Tramp, Anqara Suriya qurdlariga zarba bersa - Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan po‘pisa qildi. Bu haqida AQSh prezidenti o‘z Twitterida yozgan.
AQSh vakillar palatasining ikkita qo‘mitasi huquqshunoslari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvlarida ishtirok etgan tarjimonlarni ko‘rsatmalar berish uchun chaqirtirish imkonini muhokama qilishmoqda.
Washington Post gazetasi AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari tafsilotlarini yashirgani, hatto tarjimondan uchrashuvlardan biriga oid yozuvlarni olib qo‘ygani haqida ma’lumot berdi. Oq uydagilar bunga javoban, maqolada noaniqliklar ko‘pligini aytib, unga izoh berishni ma’qul ko‘rmagan.
Federal qidiruv byurosi AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi uning Rossiya manfaatlari va Amerikaga qarshi yo‘lda bo‘lishi mumkin degan tahmin bilan ikkita maxfiy tekshiruv boshladi. Bu haqda «Exo Moskvi» xabar berdi.