AQSh prezidenti Donald Tramp «Uyda yolg‘iz-2» filmida ishtirok etganini o‘zi uchun sharaf deb bilishini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».
Yangi yil oldidan eski yilni sarhisob qilish va kelajak uchun qilinadigan harakatlarni rejalashtirish odatiy holdir. Hattoki siyosatda ham... Masalan, yaqinda portugaliyalik gidrotexnik Orasio Vilyegas Uchinchi jahon urushi muqarrarligini va buni Amerika prezidenti Donald Tramp boshlashini ma’lum qildi, deydi “utro.ru”.
Sanksiyalar Qo‘shma Shtatlarning Donald Tramp ma’muriyati faol foydalanayotgan bosim va tahdidlarning asosiy vositasi bo‘lib qolmoqda, dedi Turkiya parlamenti spikeri Mustafo Shento‘p Anadolu agentligiga bergan intervyusida.
AQSh prezidenti Donald Tramp kosmik kuchlarni ta’sis etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
AQSh va Xitoy rahbarlari Donald Tramp va Si Szinpin telefon orqali suhbatlashishdi. Xitoy Markaziy televideniyesining xabariga ko‘ra, suhbatdoshlar savdo masalalari bo‘yicha muzokaralar jarayonini muhokama qilishgan. Si Szinpin savdo bitimining birinchi qismi bo‘yicha kelishuvga erishish butun dunyoga foyda keltiradi, degan fikrni bildirgan, deya xabar berdi “Mk.ru”.
Oq uydagi amaldorlarning fikrlariga ko‘ra mazkur qaror tarixiy qadam hisoblanadi.
Ayni damda Donald Trampning impichmentga uchrashi anchagina shov-shuv bo‘lmoqda.
Xabaringiz bor, Donald Tramp yaqinda impechmentga uchradi va bu borada AQShning uchinchi prezidentiga aylandi.
Donald Tramp AQSh prezidentlari orasida impichment e’lon qilingan uchinchi prezident bo‘ldi. Tramp prezidentlik vakolatlarini davom ettirish-ettirmasligi Senat kelasi yilning yanvarida qabul qiladigan qarorga bog‘liq.
Bugun, 18 dekabr kuni soat 10:00 atrofida Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi qurilishining ochiq uchastkasida tuproq o‘pirilishi ro‘y berdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, tuproq ostida bir necha ishchi qolib ketgan va ularning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligidagi komissiyaga sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklangan.
Amerikalik musulmonlar davlat rahbari lavozimini boshqa bir islomofob egallashi mumkinligidan xavotirda, deya yozadi Huffington Post nashri.