Poytaxtning 22 ta chorrahasida svetoforning qizil chirog‘iga, barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘tkazib yuborgan holda o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar beradi.
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Chig‘iriq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi hududda joylashgan ko‘mir omboridan chiqayotgan changdan jabr ko‘rmoqda. Bu haqda aholi vakillari xabar qildi. Ushbu holat bo‘yicha "Turon24" muxbiri surishtiruv o‘tkazdi.
Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti darvozasi oldida «Million» jamoasining reklama banneri qulab tushgan. Bu haqda universitet talabasi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. Aytilishicha, banner talabalar darsga kelayotgan vaqtda qulagan, talabalar zo‘rg‘a qochishga ulgurishgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs qidirilmoqda. Bu haqda SHIIBB saytida e’lon berilgan.
Toshkent ko‘chalarida tungi paytda ham radarlar ishlashi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkent IIBB xodimi ma’lumotiga asosan xabar qildi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tartibi takomillashtirildi
Hokimiyatlar tomonidan salkam shahar ramzi, shiorini anglatuvchi shaklga aylantirilgan yurakcha, “I love Tashkent” ramzlari bugungi kunda aholiga qanchalik ma’qul tushmoqda?
Botanika bog‘i ko‘ngilochar maskanga aylantiriladimi? Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Husniddin Ergashev Botanika bog‘ini ko‘ngilochar maskanga aylantirish, u yerga konsert uchun sahnalar va avtomat o‘yinlari o‘rnatilishi kutilayotgani haqida “O‘zbekiston 24” radiosining “Radioface” loyihasida aytib o‘tgan edi.
Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiluvchi 45 yoshli Ziyodulla Mannopov shifokor bo‘la turib jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida ko‘rsatuv namoyish etildi.
Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro C. har bir AQSh dollarini 7970 so‘mdan hisoblab, 11000 AQSh dollarini 87,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh Prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.K. birinchi guruh nogironi bo‘lgan J.J.ning bir million 800 ming so‘mlik telefonini o‘g‘irladi.
"O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida"gi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.