Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“I love Tashkent”ga katta mablag‘ sarflangan: g‘arbdan nusxa ko‘chirishimiz uyat emasmi?

A A A
“I love Tashkent”ga katta mablag‘ sarflangan: g‘arbdan nusxa ko‘chirishimiz uyat emasmi?

Hokimiyatlar tomonidan salkam shahar ramzi, shiorini anglatuvchi shaklga aylantirilgan yurakcha, “I love Tashkent” ramzlari bugungi kunda aholiga qanchalik ma’qul tushmoqda? 

Bu haqda bugun, “O‘zbekiston 24” radiokanalining “Postskriptum” loyihasida qatnashgan “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Norqobil Jalilovning fikricha “I love Tashkent” so‘zlaridan ko‘ra, “Toshkentga xush kelibsiz” so‘zlari ma’qulroq. U “love” ramziy belgilarini uyat deb, bilishini aytdi. Bu haqda Norqobil Jalilov tuman hokimiyatiga e’tirozini bildirganda, mazkur maketni yasash uchun katta mablag‘ sarflanganini aytishganini ta’kidladi. 

Qiziq, mablag‘ sarflashdan oldin hokimliklar bu haqida nega jiddiy o‘ylab ko‘rishmagan ekan? Necha ming yillik tarixga ega shahar, tumanlarimizni ramziy ifodalashda g‘arbdan nusxa ko‘chirishimiz uyat emasmi?

Manba: uza.uz

Kiritildi: 17:06 25.09.2018. O'qildi: 2261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!