Toshkentdagi uylar qirg‘ini Mirobod tumanidagi Kichik Beshyog‘och va Mingo‘rik ko‘chalari oralig‘idagi “Baynalmilal” mahallasigacha yetib bordi.
Toshkent shahar IIBB, YHXB xodimlari tomonidan poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasida velosipedli yo‘lovchilar uchun maxsus yo‘laklar tashkil etildi. Shuningdek, Shota Rustaveli ko‘chasida avtomobillar parallel parkovkasi uchun ham joy ajratilib, u oq bo‘yoqlar bilan belgilab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha holat yuzasidan M.M. qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida xalq ta’limi xodimlari 2019 yil uchun o‘ndan oshiq gazeta-jurnalga obuna bo‘lishga majburlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, kuni kecha aldov yo‘li bilan olib chiqib ketilayotgan uch nafar ayol to‘xtatib qolingan.
Toshkentning Chilonzor tumani, Gavhar MFY, Dilxush ko‘chasida istiqomat qilib kelgan oilaning 4 farzandi vafot etishiga nima sabab bo‘lganiga doir dastlabki xulosalar ma’lum qilindi.
Bugun tongda Chilonzorda sodir bo‘lgan baxtsizlik yuzasidan shoshilinch xulosa chiqarmanglar, deb jurnalistlarga murojaat qildi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev,Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Joriy yilning 29 oktyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi N.M. (ismli ayol) uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i M.M.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 30 iyun kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida ro‘yxatda turuvchi ayol B.B. Nurobod mahallasida joylashgan dala shiyponida o‘zaro janjal oqibatida Chinoz tumanida yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i N.B.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringandi.
Xabaringiz bor 27 oktyabrdan 28 oktyabrga o‘tar kechasi Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘lib, unda Lacetti haydovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizilgan, avtomobildagi 26 yashar yo‘lovchi esa voqea joyida vafot etgan edi.
Avvalroq, Toshkent shahar Chilonzor tumani “Do‘mbirobod” MFY, Dilxush ko‘chasida yashovchi oilaning birdaniga to‘rt farzandi o‘z uyida vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar FVBdan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 30 oktyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani, «Gavhar» MFY, Dilxush ko‘chasida yashovchi 4 nafar fuqarolar vafot etganligi va 1 nafari kasalxonaga yotqizilganligi aniqlangan.