Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joriy yilning 5 noyabr kuni Shayxontohur tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.M. Botirma ko‘chasida Farg‘ona viloyatida yashovchi U.Q.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib “Artel” mobil telefonini tortib olib, voqea joyidan qochib ketgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan 29 oktyabrdan 5 noyabrgacha 3 251 ta huquqbuzarlik aniqlandi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uyi butunlay yonib ketgan fuqaroga yordam berilishi ma’lum qilindi.
Bir yoshli farzandini tug‘ilgan kunining ertasida sotishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahrining Mirobod tumanida yuk ko‘tarish krani quladi. Bu haqda “Qalampir.uz”ga ishonchli manbalar xabar berdi.
Toshkent IIBB Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazi sovuq kunlar oldidan uy va hujjatlari bo‘lmagan shaxslarga yordam ko‘rsatilishi uchun ular haqda ma’lum qilishni so‘ramoqda.
5 noyabr kuni soat 07:24 da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga Chilonzor tumanida joylashgan «Yangi Fayz ta’mir» MCHJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushdi.
Bekobod tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hasan Soibnazarov davriy nashrlarga majburiy obuna to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasi uchun o‘z lavozimidan ozod etildi.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi X.Q.ning uyida 4 noyabr kuni yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in qo‘shnisi H.H.ning ham uyiga o‘tgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 3 noyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi X.B. Geologiya ko‘chasida fuqaro J.N. (ismli ayol)ni puli va “Samsung” mobil telefonini olib voqea joyidan yashiringan.
3 noyabr kuni shanba kuni Toshkent shahridagi navbatdagi mudhish YTH qayd etildi.
Toshkentdagi uylar qirg‘ini Mirobod tumanidagi Kichik Beshyog‘och va Mingo‘rik ko‘chalari oralig‘idagi “Baynalmilal” mahallasigacha yetib bordi.