Menga bir erkak va ikki ayol yaqinlashib, mendan milliy taomimiz palovni qayerda yeyish mumkinligini so‘rashdi. Ularga eng yaqinda joylashgan Yalpiz milliy taomlar restoranini maslahat berdim.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, V.X. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida S.Z. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Internetda Rayhon G‘aniyevaning qo‘shiqlarini o‘zbekcha kuylagan koreyalik fuqaro videosini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak.
Farg‘ona viloyatida sodir etgan jinoyati uchun qidiruvga berilgan ayol Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Yosh qizchalarning ziraklarini aldov orqali yechib, kun kechirgan ayolning Toshkentda amalga oshirgan nayranglari tezda fosh etildi.
Toshkent shahridagi "Olmazor" metro bekati yonida Toshkent viloyatidan shifokorga ko‘rinish uchun kelgan shaxs vafot etdi.
11.04.2019 yil soat 13:15 da Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumani, S.Mashxadiy 1-berk ko‘chasi, 12-uy hovlisidagi quduq ichidan fuqaro A.X.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan X.M., M.Ulug‘bek tumani Pilla-1 ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan B.R. va Toshkent viloyatining Piskent tumani A.Samadov ko‘chasida yashovchi M.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
2018 yil dasturi doirasida qurilgan uylarning rasmiylashtirish ishlari rasman 1 oyga to‘xtatilganligi ma’lum qilindi.
Tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida 700 dan ortiq ko‘p qavatli turar joyni qurib, foydalanishga topshirgan. Bu uylardan sotib olgan aholi esa uylarning sifatsiz ekanligidan norozi.
Bugun soat 20.50 dan 21.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Shayxontoxur tumani Beruniy ko‘chasidagi aviakassa qarshisida “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib borgan haydovchi 5 yoshli bolani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Bola shifoxonada jon berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola uyidan ruxsatsiz chiqib, serqatnov yo‘lni mustaqil kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.