O‘rta Chirchiq tumani hududida yuz bergan avtobus avtohalokatida 7 kishi emas, 27 kishi jabrlangan, deb xabar qiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ularning barchasiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 19 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan. Ikki nafariga Nurafshon tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin uyiga ruxsat berilgan.
26 aprel kuni Mirzo-Ulug‘bek tumanida o‘g‘rilar mashinadan 48 mln so‘m pulni o‘marishgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati yozmoqda.
Toshkentdagi 17-sonli maktabda bugun, 29 aprel kuni soat 12:30 larda ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi, deb xabar berdi Repost.
IIBB «Matiz» avtomobili yo‘lovchisining kaltaklangani aks etgan videoga aniqlik kiritdi.
Joriy yilning 27 aprel kuni noma’lum shaxslar Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi X.T.ni, Toshkent shahrining Chilonzor tumani 8-dahasida kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 3 900 AQSh dollarini olib ketganlar.
Bugun, 29 aprel tun soat 02:00 larda, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida, ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus beton to‘siqqa urilib yonib ketdi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Sergeli tumanida qisqa fursatda 100 dan ortiq ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, aholiga topshirildi. Mazkur mavzelarda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan fuqarolar ko‘chib kelmoqda. Mazkur oilalarga yanada qulaylik yaratish va ish bilan ta’minlash maqsadida mahallalarda maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi va sog‘liqni saqlash maskanlari hamda ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilmoqda. Bu haqda ”Xalq so‘zi” muxbiri xabar bermoqda
Nihoyat, bir necha kunlik sharros yomg‘irdan so‘ng quyosh o‘z nurlarini socha boshladi.
Joriy yilning 23 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 15-MTMda bolalar ovqatiga sifatsiz go‘sht solinayotganligi haqida videolavha tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqamasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X.lar ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Miss Union Fashion—2019 xalqaro tanlovi finalida 24 yoshli Aziza Tokasheva g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi, deb xabar berdi «Nur.kz».
1966 yilning 26 aprelida Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng kuchli yer silkinishlaridan biri kuzatildi. Bugun ushbu hodisaga roppa-rosa 53 yil to‘ldi.