Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqand

Bulung‘urda 9 yildan buyon "yangi hisoblagich o‘rnatish bilan shug‘ullangan" firibgar fosh etildi

Bulung‘urda 9 yildan buyon "yangi hisoblagich o‘rnatish bilan shug‘ullangan" firibgar fosh etildi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi sobiq xodimi SH.E. 9 yil davomida yangi hisoblagich o‘rnatish, uni markazlashgan bazaga kiritish va mavjud qarzdorlikni yo‘q qilish evaziga fuqarolardan bir necha marta aldov yo‘li bilan pul olib, firibgarlik qilgani aniqlandi. Bu haqda Turon24ga Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:16 09.10.2018. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazmda terimchilar uchun qo‘shimcha haq joriy etildi

Joriy yil 5 oktyabrdan Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida terilgan har bir kilogramm paxta uchun 100 so‘mdan qo‘shib beriladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Kiritildi: 15:08 08.10.2018. O'qildi: 1722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda qo‘shnisini vahshiylarcha o‘ldirgan yigit 11 yilga qamaldi

Inson tabiati qiziq. O‘ziga g‘am-qayg‘u, tashvish keltiradigan narsaga o‘ch bo‘ladi. Spirtli ichimlik ta’sirida kelib chiqqan qanchadan-qancha nizolar, ko‘ngilsizlik, baxtsizliklarni eshitganmiz, guvohi bo‘lganmiz. Shunday bo‘lishiga qaramay, ayrimlar uchun bu ichimlikdan voz kechish yoki ichganda me’yorni bilish ancha mushkul, deb yozadi Samarqand viloyat prokurorining katta yordamchisi Muzaffar Qilichev“Huquq” nashrida.

Kiritildi: 09:39 08.10.2018. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda tibbiyot kolleji direktori o‘rinbosari 350 dollar bilan ushlandi

Shu yilning 29 sentyabrida fuqaro A.G.ning arizasiga binoan Samarqand viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yana bir firibgar rahbarning jinoiy xatti-harakatiga chek qo‘yildi.

Kiritildi: 16:54 06.10.2018. O'qildi: 1333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Majburiy ijro byurosi Payariqdagi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

Joriy yilning 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy axborot agentligining sayti — uza.uzda “MIB bazasidagi ma’lumot xato chiqdi” nomli ma’lumot joylashtirilgan.

Kiritildi: 18:29 05.10.2018. O'qildi: 1579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Karmanalik "usta tadbirkor" bankni aldashga urindi, natijada...

Firibgarlik jinoyatlari uchun muqaddam 4 marotaba sudlangan S.Hoshimov (ism-familiya o‘zgartirilgan) to‘g‘ri yo‘lga kirish o‘rniga mo‘may pul topish maqsadida 2016-2017 yillar davomida Karmana tumani hududida joylashgan tijorat bankidan jami 80 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilishiga erishib, mazkur pullarni o‘z manfaati yo‘lida sarflab, shartnoma shartlarini buzadi.

Kiritildi: 14:33 05.10.2018. O'qildi: 1569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandlik kollej o‘quvchisi tanishini kaltaklab, o‘limiga sababchi bo‘ldi

2018 yil 3 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi Chelak transport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog‘ida joylashgan dala maydonida o‘zaro janjal sababli tanishi Bahor mahallasi Bolta-1 qishlog‘ida yashagan A.S.ning qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Kiritildi: 18:45 04.10.2018. O'qildi: 1401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqanddagi "o‘ta madaniyatli" qoidabuzar haydovchi shaxsi aniqlandi (video)

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq fikri" guruhida 30 D 224 NA “Spark” haydovchisining mashina oynasidan oyog‘ini chiqargan holda rulni boshqarib ketayotgani tasvirlangan video joylashtirilgani xabar qilgan edik.

Kiritildi: 11:30 04.10.2018. O'qildi: 1820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqand ko‘chalarida "o‘ta madaniyatli" haydovchi paydo bo‘ldi (video)

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq fikri" guruhida 30 D 224 NA “Spark” haydovchisining mashina oynasidan oyog‘ini chiqargan holda rulni boshqarib ketayotgani tasvirlangan video joylashtirildi.

Kiritildi: 14:56 03.10.2018. O'qildi: 2057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Shu darajaga yetdikmi: uyini suv bosgan fuqaroning bormagan idorasi qolmadi, ammo…

30 sentyabr kuni soat 18:00 atrofida Samarqand shahri, Dahbed ko‘chasida joylashgan 83-uy yerto‘lasidan suv chiqa boshladi. Avval salgina sizib chiqayotgan suv bosimi biroz vaqt o‘tib kuchaya boshlagach, uy egalari sarosimada qoladi.

Kiritildi: 14:53 03.10.2018. O'qildi: 2518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda yuk mashinasidagi 10 tonna paxta yonib ketdi (foto)

Joriy yilning 18 sentyabr kuni tungi soat 1 :15 da M-37 xalqaro avtomagistral yo‘lining 107-kilometrida, aniqroq qilib aytganda, Samarqand viloyatining Narpay tumani «Salovat» mahalla fuqarolar yig‘ini Salovat qishlog‘i hududida juda katta va ayanchli ko‘rinishdagi yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «Jamiyat va Qonun» gazetasi xabar bermoqda.

Kiritildi: 10:24 02.10.2018. O'qildi: 2595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.

Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktorlari ma’muriy javobgarlikka tortildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qonun talablarini buzgan bir qator maktab direktorlari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Kiritildi: 23:30 30.09.2018. O'qildi: 1750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.