Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqand ko‘chalarida "o‘ta madaniyatli" haydovchi paydo bo‘ldi (video)

A A A
Samarqand ko‘chalarida "o‘ta madaniyatli" haydovchi paydo bo‘ldi (video)

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "O‘zbekiston Respublikasi Xalq fikri" guruhida 30 D 224 NA “Spark” haydovchisining mashina oynasidan oyog‘ini chiqargan holda rulni boshqarib ketayotgani tasvirlangan video joylashtirildi.

Guruh admini Farhod Ismoilov Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasiga “Kim ekan bu madaniyatli?” deya murojaat qoldirgan. Avtomobil raqam belgisi va ushbu postdan bilish mumkinki, bu holat Samarqand ko‘chalaridan birida kuzatilgan.

Hozircha boshqarma tomonidan bu holatga hech qanday munosabat bildirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Facebook'da yosh bolasini tizzasiga o‘tqazib, pista chaqib mashina haydab ketayotgan ayol videosi keng omma muhokamasiga sabab bo‘lgan edi. Toshkent shahar IIBB tomonidan ayolga nisbatan choralar ko‘rilgan.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 14:56 03.10.2018. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik