Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayevning ishi sudga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuraturaning matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Daryo».
Paxtachi tuman Ma’muriy sudning 2018 yil 21 dekabr kungi qarori bilan aliment pulini to‘lamay kelgan qarzdorlar J.Iskandarov, B.Bozorov, SH.To‘raqulov, F.Haydarov, I.Kamolovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47/4- moddasiga asosan har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Avval e’lon qilinganidek, joriy yilning 22 dekabr kuni Samarqand viloyatidagi bo‘sh (vakant) davlat notarial idoralari notariusi lavozimlariga tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovlar ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi, deya xabar berdi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
2018 yil 22 dekabr kuni Hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish Respublika komissiyasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Majburiy ijro byurosining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarga barham berish bo‘yicha muntazam tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Shu yilning 3 dekabr kuni Samarqand shahrida yashovchi G.B. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini kafolatlaydigan qonunchilik bazasi yaratilganiga qaramasdan, sifati past tovarlarni sotish, talabga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish kabi holatlar uchramoqda. Buni Xatirchi tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelayotgan ariza murojaatlardan ham bilish qiyin emas.
Jinoyat ishlar bo‘yicha Oqdaryo tuman sudida sudya Ilyos Doniyorov raisligida Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi N.T.ga nisbatan ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shova mahallasida yashovchi SH.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangi yil o‘z mo‘’jizalari, kutilmagan sovg‘a-salomlari bilan dillarga xushnudlik baxsh etadi. Respublikamizning har bir hududida yam-yashil bargli archalar ko‘kka bo‘y cho‘zib, barchaning ko‘zini quvontirayotgan bir paytda Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasida salqin ichimliklardan bunyod bo‘lgan “archa” qad rostladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi “Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2018 yilda Urgut tumanidagi 177 fermer xo‘jaligi achchiq qalampir yetishtirdi.
«Daryo» tahririyatiga Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Mingtepa MFYda yashovchi tadbirkor, «Diyor-Olimxon» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Abdurasul Rahimberdiyev murojaat qilib, 2017 yilning 22 iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi raisi A.Boltayevning hukmi asosida 2015 yilda ishlab chiqarilgan Nexia-2 DONC rusumli avtomashinasini kim oshdi savdosi yo‘li orqali Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi Dadaxon Burxonovga sotib yuborganligi yuzasidan shikoyat qilgan.