Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Samarqandlik fuqaro ish joyida tunab ketildi

A A A
Samarqandlik fuqaro ish joyida tunab ketildi

Joriy yilning 19 dekabr kuni fuqaro E.O. Samarqand viloyatining Qo‘shrabod tuman IIBga murojaat qilib, unda shu yil 8 dekabr kuni Shova mahallasida joylashgan Qorovultepa qirligida tosh qazib olish ishlari bilan shug‘ullanayotganida noma’lum shaxs uning oldiga kelib, unga nisbatan kuch ishlatib, shu yerda turgan ish qurollari va kimyoviy mahsulotlarini olib ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shova mahallasida yashovchi SH.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:44 20.12.2018. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik